Joriy yilning 6-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining 2019-yil 9 oy yakunlariga bag`ishlangan Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda boshqarma xodimlari hamda shaxar tuman statistika barcha xodimlari ishtirokda tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan viloyat statistika organlarida 2019-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
2019 yil 9 apreldagi “ Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika saloxiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-son qarorida davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi ko`rib chiqildi.
Yig`lishda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi“ O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida batafsil tushuntirishlar beridi.
Davlat Statistika Qo`mitasining 2019 yil 8-noyabrdagi 114-sonli buyrig`iga asosan viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholi turmush darajasining holatini baholash uchun minimal istimol savatchasi va yashash minimumini takomillashtirish yuzasidan kam ta'minlangan aholi turmush darajasi bo`yicha tumanlarda kuzatuv ankitasi o`tkazilmoqda.
Axborot xizmati
Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida 3 dekabr kuni qo’mita tomonidan o’tkazilgan kompleks tekshirish natijalari va tahlili bo’yicha yig`ilish bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11- apreldagi PQ- 2881- son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash to’g’risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarorida davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan vazifalar natijadorligi haqida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5 fevraldagi PF-5655-son farmoni ijrosi yuzasidan bajarilishi belgilangan vazifalar va O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish yuzasidan ma'lumot berildi.
Yig`ilishda tarmoq bo`limlari hamda shahar tuman statistika bo`lim boshliqlari kompleks tekshirish natijalari va tahlili bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha Kitob tumani 20,21,28- maktablarida o'qituvchi va o’quvchilarga batafsil tushunchalar berildi. O'qituvchi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tuman statistika bo'limi xodimlaridan javoblar olishdi.
Axborot xizmati
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha Shahrisabz tumani 15,35,62,70- maktablarida o'qituvchi va o’quvchilarga batafsil tushunchalar berildi. O'qituvchi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tuman statistika bo'limi xodimlaridan javoblar olishdi.
Axborot xizmati