Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR UCHUN

Obuna bo'ling!

Please enable your javascript to submit this form

Davlat statistika qo'mitasi tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo’yicha 2019 yil mart-iyun oylarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan “Yo'l xaritasi” doirasida iste'mol bozoridagi narxlarni ro'yxatga olish jarayonida elektron qurilma CAPI (Computer Assisted Personal Interviewing) planshet texnologiyasi joriy qilindi.

CAPI texnologiyasi so'rovda ishtirok etuvchi (narx registratori) respondentlarga (tovar va xizmat sotuvchilariga) savollar berib, olingan javoblarni noutbuk, smartfon yoki planshetda elektron shaklda qayd etadi. Ma'lumot yig'ish natijalari avtomatik tarzda ma'lumotlar bazasiga yig’iladi va tahlil qilish uchun beriladi. Ushbu texnologiyani joriy qilish narx ma'lumotlarini to'plashda vaqt va qog'oz sarfini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Mantiqiy nazorat qilish orqali qog'oz axborotidan ma'lumotlarni elektron ma'lumotlar bazasiga kiritish paytida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan mexanik xatolar sonini kamaytiradi, natijada iste'mol sektorida inflyatsiya darajasini hisoblashda va iste'mol bozoridagi narxlarni monitoring qilish uchun dastlabki ma'lumotlarni sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Mavjud uslubiy nizom asosida, Iste'mol narxlari indeksi (INI)ni shakllantrish uchun narxlar kuzatuvi har oyning 10-20 sanalarida o’tkaziladi. Shundan kelib chiqib, 2019 yil 10 apreldan boshlab, Toshkent shahar va Toshkent viloyat statistika boshqarmalarining narxlarni ro’yxatga oluvchi registratorlari tomonidan sinov tariqasida maxsus elektron qurilmalar (planshetlar) yordamida iste'mol narxlarining tanlanma kuzatuvlarini o'tkazish boshlandi.

Axborot xizmati

2019 yilning 4-5 aprelida Parijda (Fransiya) Energetika sohasida yoqilg’i talabini kamaytirish va almashtirish siyosati bo’yicha Forum bo'lib o'tdi. Uchrashuv Xalqaro energiya agentligi tomonidan tashkillashtirildi. Unda Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Moldova, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, Ukraina, O'zbekiston statistika organlarining vakillari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda milliy va xalqaro statistika tashkilotlarida energetika statistikasi sohasidagi ekspertlar ishtirok etdilar. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan qo'mita Rais o'rinbosari A.Ikramov ishtirok etdi.

Ushbu tadbir energetika sohasida yoqilg'i talabini qisqartirish va almashtirish bo'yicha siyosati xalqaro tajribani o'rganish, hamkor-davlatlardagi energetika statistikasining umumiy sifati va shaffofligi, shuningdek, energiya xavfsizligi siyosati bo'yicha axborot talablarini bilish maqsadida tashkil etildi.

 

Axborot xizmati

Hisobot taqdim etuvchi subektlar diqqatiga!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi PF­5574-son “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoni munosabati bilan, davlat statistika hisobotlari shakllarini taqdim etish muddati o`zgartirildi:

5 yanvardan kechiktirmay

  • №6 1-qurilish (choraklik) “Ijtimoiy soha ob`ektlari qurilishining borishi to`g`risida hisobot”
  • №12 2-invest (choraklik) “Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to`g`risida hisobot”
  • №13 1-ID (choraklik) “Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to`g`risida hisobot”
  • №18 3-sanoat (choraklik) “Import o`rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarishni maxalliylashtirish dasturini amalga oshirish to`g`risida xisobot”
  • №33 1-QX (choraklik) “Qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida hisobot”
  • №35 1-FX (yilda 2 marta (1 iyul va 1 yanvar holatiga)) “Fermer xo`jaligi faoliyati to`g`risida hisobot”
  • №36 1-DX (yilda 2 marta (1 iyul va 1 yanvar holatiga)) “Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari faoliyati to`g`risida hisobot”
  • №37 1-meva-sabzavot (choraklik) “Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to`g`risida hisobot”
  • №45 1-mehnat (choraklik) “Mehnat hisoboti”
  • №47 1-BX (choraklik) “Boshqaruv organi xodimlari soni to`g`risida hisobot”
  • №54 1-transport (choraklik) “Avtomobil transporti ishi to`g`risida hisobot”
  • №58 7-transport (choraklik) “Tramvay, metropoliten, trolleybus transporti to`g`risida hisoboti”
  • №61 9-transport (choraklik) “Quvur yo`li transporti faoliyati to`g`risida hisobot”
  • №103 1-K (oylik) “Tashkilot faoliyati to`g`risida hisobot”
  • №103/1 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) “Hududiy alohida bo`linmalarga ega bo`lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to`g`risida hisobot”
  • №103/2 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik, yillik) “Hududiy alohida bo`linmalarga ega bo`lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to`g`risida hisobot”
  • №103/3 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) Hududiy alohida bo`linmalarga ega bo`lgan yuridik shaxslar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar to`g`risida hisobot
  • №103/4 1-K shakliga ilova (EIZ) (choraklik) erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark, paxtachilik-to`qimachilik klaster tarkibiga kiruvchi tashkilot faoliyati to`g`risida hisobot

Shu bilan birga, Davlat statistika qo`mitasi serverlari kechayu kunduz ishlashini va Siz xohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.

Axborot xizmati

2019 yil 28 mart kuni soat 11:00da Milliy matbuot markazida “O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish tartibi va uni o`tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati, markaziy apparat tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Toshkent viloyat va Toshkent shahar statistika boshqarmalari xodimlari, Kadrlarni qayta tayyorlash 
va statistika tadqiqotlari markazi o`qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, Aholini ro`yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko`lamli tadbir bo`lib, aholi to`g`risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o`z ifodasini topadi. Aholi soni bo`yicha aniq va yaxlit ma`lumotlar aholini ro`yxatga olish asosida olinadi.

Aholini ro`yxatga olish yakunlariga qarab o`tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo`ladi.

Aholini ro`yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo`lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilishi va e`lon qilishning yagona jarayonini o`z ichiga olib, aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, O`zbekiston hududida dastlabki aholi ro`yxati 1897 yilda o`tkazilgan bo`lib, ushbu ro`yxat ma`lumotlari XIX asr oxirida O`zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug`ilish, o`lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O`zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro`yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

O`zbekistonda Aholini ro`yxatga olish to`g`risida qonun qabul qilinmagan. Shuning uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida O`zbekiston Respublikasining “Aholini ro`yxatga olish to`g`risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi tomonidan har chorakning yakuniga ko`ra demografiya va mehnat statistikasi ko`rsatkichlariga oid ma`lumotlar qo`mitaning www.stat.uz rasmiy saytida, infografika roliklari ko`rinishida “O`zbekiston 24” hamda “O`zbekiston” teleradiokanallarida shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasi va Telegram messenjerida guruhi orqali foydalanuvchilar e`tiboriga havola etib kelinmoqda.

 Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan muntazam ravishda mamlakatning yetakchi oliy o`quv yurtlarida o`tkazilayotgan seminarlar va davra suhbatlarida ham Demografiya va mehnat statistikasiga oid ma`lumotlar e`lon qilinib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

 Axborot xizmati

Joriy yil 25-mart kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) Кomissiоneri o’rinbosari janob Song Vuk Choy boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida, aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, statistika xizmatini ko'rsatishning zamonaviy usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi.

 

Tashrif davomida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazilаdi.

        Axborot xizmati