Sayt test rejimida.

TADBIRKORLAR UCHUN

Hozigi kunda xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaatlarning kо‘payib borayotganligini inobatga olib, shuningdek, aholiga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tumanlarda ham ma’lumotlarni yig‘ish punktlari ish boshladi. Bu haqda viloyat IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ullari xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bungacha xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun Qashqadaryo viloyati IIB M va FRB va Shahrisabz shahar, Qarshi tumani Ichki ishlar bо‘limlari Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bо‘linmalari ma’lumotlarni yig‘ish punkti  faoliyat yuritayotgan edi. 

О‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Nishon, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari ham ma’lumotlarni yig‘ish punktlari tashkil etildi. Ushbu ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan berilgan texnik qurilmalar о‘rnatilib, xorijga chiqish pasporti olish bо‘yicha aholiga xizmat kо‘rsatish yо‘lga qо‘yildi. 

Bugungi kunga kelib xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun tashkil etilgan ma’lumotlarni yig‘ish punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat kо‘rsatmoqda:

Qashqadaryo viloyati IIB MvaFRBda - Koson, Muborak, tumanlari va Qarshi shahar aholisi.

Qarshi tumani IIB M va FRBda - Kasbi va Qarshi tumani aholisi.

Nishon tumani IIB M va FRBda - Nishon, Mirishkor tumanlari aholisi.

G‘uzor tumani IIB tuman IIB  M va FRBda - G‘uzor va Dehqonobod tumani aholisi.

Yakkabog‘ tumani IIB M va FRBda - Yakkabog‘ tumani aholisi.

Shahrisabz shahar IIB M va FRBda – Shaxrisabz shahri, Kitob va Shahrisabz tumanlari aholisi.

Chiroqchi tumani IIO FMB M va FRBda - Chiroqchi va Qamashi tumanlari aholisi. 

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida xorijga chiqish pasportini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktlari ochilishi rejalashtirilgan.

Faoliyat yuritayotgan ma’lumotlarini yig‘ish punktlarida xorijga chiquvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, homilador ayollar, yosh bolalar va nogironlarga navbatsiz xizmat kо‘rsatish tizimi joriy etilgan.

Yana bir qо‘laylik - yakshanba kunlari jadval asosida navbatchilik tashkil qilingan holda fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga tarqatish amaliyoti yо‘lga qо‘yilgan.

 

Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA