Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

О‘tgan 2019 yil yakunida, 27 dekabr kuni muhtaram  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashdilar. Unda yoshlar siyosati bо‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.  Yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinib, bugungi kunda ularni qiynayotgan eng muhim masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga qator vazifalar qо‘yilgan edi.

Prezidentimiz tomonlaridan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash mavsadida viloyat hokimligi majlislar zalida yoshlar muammolarini о‘rganish, bartaraf etish va ularni jamiyatda о‘z о‘rinlarini topishiga kо‘maklashish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi sо‘z olib, endilikda viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari ish haftasining bir kunini “Yoshlar masalalarini yechish kuni” etib belgilash taklifini berdi.

- Yoshlar bilan ishlash tizimini an’anaga aylantirishimiz kerak, - deya ta’kidladi viloyat hokimi. – Bu tizimni an’anaga aylantira olsak, “Hokim va yoshlar” va “Sektor va yoshlar” uchrashuvlari ham doimiy yо‘lga qо‘yilishiga, yoshlarimizni bandligi va ijtimoiy muammolarini bartaraf etilishiga erishamiz.

Shuningdek, yig‘ilishda iqtidorli yoshlar rо‘yxatini shakllantirish, xatlov natijalariga kо‘ra, aniqlangan ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida dastur ishlab chiqish, har bir ishsiz yoshga tashkilot rahbarlari va deputatlarni biriktirish tizimini yaratish bо‘yicha ham viloyat hokimi tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berdi.

Ahror Sodiqov, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni о‘z vaqtida hal etishga katta e’tibor qaratilib, bu borada mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan ham ishlar olib borilmoqda.

Xususan, viloyat, shahar va tuman hokimliklarida 2019 yil mobaynida murojaatlarni kо‘rib chiqish va hal etishda "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tо‘g‘risida"gi Qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda kо‘rsatmalariga rioya etilgan. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasidan kelib tushgan hamda takroriy murojaatlar asosli, qonuniy va о‘z vaqtida kо‘rib chiqilishiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, viloyat hokimi va uning о‘rinbosarlari sayyor va ommaviy qabullari oldindan belgilangan, e’lon qilingan jadvallar asosida tashkil qilindi.

О‘z navbatida respublika idoralari, shu jumladan, markaziy huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining viloyatimizdagi sayyor qabullari ham muntazam va tizimli ravishda о‘tkazib kelindi. Aholi oldindan xabardor qilingan ushbu qabullarda fuqarolarimizning sud, prokuratura va ichki ishlar idoralari bilan bog‘liq kо‘plab masalalari yakuniy yechimini topgani ahamiyatlidir.

Tahlillardan kо‘rinishicha, 2019 yilda viloyat hokimligi tizimi (shahar va tuman hokimliklari bilan qо‘shilgan holda)ga jami 71 ming 767 ta murojaat kelib tushgan bо‘lib, ularning 26 ming 133 tasi virtual qabulxona orqali bо‘lgan. Bevosita hokimliklarga kelib tushgan murojaatlarning 29 ming 505 tasi og‘zaki, 15 ming 507 tasi yozma, 622 tasi elektron kо‘rinishdadir.

О‘tgan yil davomida viloyat, shahar va tuman hokimlari tomonidan 11 ming 998, о‘rinbosarlari tomonidan 15 ming 759 nafar fuqaro qabul qilingan. Fuqarolarning 12 mingdan ziyodi bevosita hokimliklar idoralarida, 8 mingdan oshig‘i sayyor qabullarda va  7 mingi Xalq qabulxonalarida qabul qilingan.

Shu о‘rinda sо‘nggi vaqtlarda viloyat hokimi tomonidan tadbirkorlar doimiy ravishda viloyat hokimligida qabul qilinayotganini ta’kidlab о‘tish joiz. Buning uchun tadbirkorlar viloyat hokimligi qabulxonasi yoki О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining viloyatdagi tadbirkorlar murojaatlarini kо‘rib chiqish qabulxonasiga murojaat qilishi kerak.

Eng kо‘p murojaatlar Qarshi shahri (8290 ta), G‘uzor (5984 ta), Yakkabog‘ (5960 ta) va Dehqonobod (5641 ta) tumanlariga tо‘g‘ri keladi. Respublika idoralariga yozilayotgan va takroriy murojaatlarning katta qismi ham shu hududlardan.

Bevosita hokimlik idoralariga kelib tushgan 45 ming 633 ta murojaatning 36 ming 72 tasi nazorat tartibida kо‘rilib, 22 ming 739 tasi yoki 63 foizi, virtual qabulxona orqali kelgan 26 ming 133 ta murojaatning 16 ming 470 tasi yoki 63,1 foizi qanoatlantirilgan. Biroq Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasi orqali Qarshi shahar hokimligiga tushgan 3980 murojaatdan 1488 tasi, Kitob tumani hokimligiga tushgan 1134 ta murojaatdan 604 tasi, Kasbi tumani hokimligiga yо‘llangan 1039 ta murojaatdan 485 tasi, Shahrisabz shahar hokimligiga bо‘lgan 1370 ta murojaatdan 683 tasi qanoatlantirilgan, xolos. Aksariyat murojaatlarga tushuntirish berish bilan chegaralanilgan.

О‘tgan yilda murojaatlarni о‘z vaqtida qonuniy hal qilmagani uchun  hokimiyat tizimidagi 125 nafar mas’ul xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. Jumladan, viloyatdagi davlat va xо‘jalik boshqaruvi idoralarida murojaatlar bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yо‘l qо‘ygan 84 nafar mas’ul xodimga nisbatan hayfsan, 18 nafariga о‘rtacha oylik ish haqining 40 foizi miqdorida jarima, 23 nafariga mehnat shartnomasini bekor qilish intizomiy jazo choralari kо‘llanilgan.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan joylarda murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash, tizimli muammolarni hal etish bо‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilganini aytish о‘rinli. Jumladan, quyi tashkilotlarda 75 marotaba amaliy yordam kо‘rsatish bо‘yicha о‘rganishlar о‘tkazilib, seminar va о‘quvlar tashkil etildi, tahlil natijalari bо‘yicha takliflar yuborildi. О‘rganishlar jarayonida ayrim murojaatlarni kо‘rib chiqish muddatlari buzilganligi, murojaatda kо‘rsatilgan barcha holatlar tо‘liq tekshirilmagani, tekshirish natijalari bо‘yicha muallifga batafsil tushuntirish berilmagani, murojaatlar bilan ishlash holatlari talab darajasida muhokama qilib borilmagani va boshqa bir qator kamchiliklar aniqlangan. Natijada ularni bartaraf qilish choralari kо‘rildi.

2020 yilning yanvar oyidan boshlab viloyat hokimligida о‘ta dolzarb va takroriy murojaatlarni joyiga chiqib о‘rganish bо‘yicha ishchi guruhi tuzilib, faoliyat kо‘rsatmoqda. Viloyat, shahar va tuman hokimlari hamda о‘rinbosarlarining hokimlik, Xalq qabulxonalari, joylardagi sayyor va ommaviy qabullari jadvallari ishlab chiqilib, ijroga qaratildi. Maqsad murojaatlarning о‘z vaqtida, qonuniy, asosli va adolatli hal etilishini ta’minlash, murojaat qiluvchini qanoatlantirish, Respublika idoralariga yozilayotgan va takroriy shikoyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Tahlillarga kо‘ra, murojaatlarning aksariyati uy-joy va uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish, bepul uy-joy bilan ta’minlash, yashash joyini, yо‘llarni va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlarni ta’mirlash, fermer va dehqon xо‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi olish, ishga joylashish, moddiy yordam va nafaqa olish, sog‘lig‘ini tiklash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqib yangi ish о‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, arzon uy-joylar qurish hamda kam ta’minlangan oilalar va yordamga muhtoj oilalarni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha tegishli dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Murojaatlar bilan ishlash jarayonida bir qancha fuqarolar shaxsiy muammosi emas, xalqning umumiy tashvishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ariza bitganiga guvoh bо‘lish mumkin. Ularning xatti-harakatlaridan mamnunlik his etib, ulug‘ allomalardan birining "El dardini chek, yakka darding dard emas..." degan fikri esga keladi beixtiyor.

 

Abdishukur OMONOV, viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i.

Joriy yilning 22 yanvar kuni “Orzuimdagi inson bilan uchrashishni istayman” loyihasi doirasida yoshlar hamda viloyatdagi madaniyat va san’at sohasi namoyondalari ishtirokida ijodiy uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.

Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atga bо‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkillangan ma’daniy tadbirda О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Isoq Tо‘rayev, “Ma’daniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni sohibi Fayzulla Islomov,  “Shuhrat” medali sohibi, rassom Azamat Sattorov hamda ”Dо‘stlik” ordeni sohibi Oygul Xalilova qatnashdi.

Uchrashuvda taniqli san’at arboblari yoshlarga о‘z hayot yо‘li, kechagi va bugungi san’at olami, natijalarga erishishdagi san’at ahlining mehnati va boshqa kо‘p narsalar haqida sо‘zlab berishdi.

- Yoshlarga san’atda iz qoldiradigan shaxs bо‘lishlari uchun kuchli amaliyot va yaxshi ma’lumot olish zarurligini tushuntirdik, - deydi “Baron” filmi bosh qahramoni Isoq Tо‘rayev. – Teatrga muntazam borish hamda kitob mutolaa qilishni tavsiya etdik. Albatta, bu yoshlarimizning madaniyatini о‘stiradi va izlanishlariga turtki beradi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan mehmonlar obraz, musiqa va sur’atlarni maromiga yetkazishda muhim jixatlar tо‘g‘risida tо‘htalib о‘tishdi. Kо‘taringki ruhda о‘tgan uchrashuv sо‘nggida yoshlarga о‘zbek durdona asarlari taqdim etildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Shu munosabat bilan, hokimlik vakillari Shahrisabz tumani, “Uloch” qishlog‘ida bо‘lishib, mahalla faollari va faxriylar ishtirokida ushbu qishloqda yashovchi 106 yoshni qarshilagan Sharofat aya Mirzayevaning holidan xabar olishdi.

- Xonadonimizga mehmon kirib kelishi bilan baraka hayr ham ostonadan hatlab keladi, - deydi Sharofat aya mehmonlar bilan suhbatda. – Avvalombor, Yurtboshimiz omon bо‘lsin, tinchlik degan ne’matimiz abadiy bо‘lsin. Bir paytlar tinchlikni, osoyishtalikni, farzandlar, nevarayu-chevaralar rohatini kо‘rishni orzu qilar edim. Armonsiz qolmadim. 36 nafar nabira va 48 nafar evaralik bо‘lish nasib etdi. Bugun qо‘llarim faqat duoda: Urushni kо‘rmang! Urushni siz-ku kо‘rmang, farzandlaringiz ham, nevaralaringiz ham, evaralaringiz ham kо‘rmasin, omin!

Hokimlik vakillari onaxonning yoshlik va urush xotiralari bilan о‘rtoqlashdi. Bugungi dorilamon kunlarimizning har bir daqiqasiga qancha shukronalar aytsak kam ekanligiga amin bо‘lishdi.

Shundan sо‘ng,  viloyat hokimi о‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Maqsuda Mustafoyeva va Shahrisabz tumani hokimi Isroil Amanovlar viloyat hokimi Z.Mirzayevning qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatiga katta e’tibor qaratilib, oxirgi yillarda sezilarli о‘zgarishlar rо‘y berdi. Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvida – Yangi О‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bо‘ladi, – deya ta’kidlab, islohotlarning yangi davrida yoshlarni qiynayotgan eng muhim masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Shu maqsadda, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 11 yanvar kuni Qarshi shahridagi “О‘zbekneftgaz”  aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv о‘tkazdi. Yig‘ilishni videoselektor orqali Qarshi Davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Toshkent moliya instituti va Samarqand davlat universitetlari talabalari ham kuzatib bordi.

-  2020 yil Qashqadaryo yoshlari hayotida tub burilish yasaydigan yil bо‘lishida astoydil harakat kilish asosiy vazifamizdir. Bugungi uchrashuvimiz esa ana shu yо‘ldagi amaliy say-harakatlarimizdan biri bо‘lib xizmat qiladi degan umiddaman, - dedi viloyat rahbari.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashriflari davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan qator yо‘nalishlar bо‘yicha berilgan topshiriqlarining amalda bajarilgan ishlar tahlil qilindi hamda 2020 yildagi ustuvor yо‘nalishlar bо‘yicha muhim vazifalar aytib о‘tildi.

- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni YAHMdagi ulushi 69,7 foizga yetkaziladi.

- Tumanlarni qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali 4 045 gektar intensiv bog‘lar, 8 377 gektar uzumzor va 2 000 gektar yong‘oqzorlar barpo etilib, 2607 gektar ekspertbop sabzavot va poliz ekinlari ekiladi.

- Qishloq xо‘jaligida jami 654,4 tonna meva-sabzavot va poliz yetishtiriladi.

- Meva-sabzavotlarni qayta ishlash yо‘nalishida 3 ta yangi korxonalari ishga tushuriladi, 2 ta korxonalar modernizatsiya qilinadi va 2 ta zamonaviy logistika markazlari quriladi.

- Eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda 17 ta investitsion loyihalar amalga oshiriladi.

- 23 ta maktablar, 16 ta sog‘liqni saqlash maskanlari, 4 ta bolalar sporti inshootlari, 36 ta maktabgacha ta’lim muassasalari yangidan quriladi, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti rekonstruksiya qilinadi.

- 1097,0 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 305 dona transformator punktlarida yangi qurish va rekonstruksiya ishlari, 68,4 km gaz quvurlarini yangidan tortish, 3,2 km gaz quvurlari kapital ta’mirlash va 1,6 km rekonstruksiya qilish, 5 ta gaz taqsimlash punktlarini mukammal ta’mirlash, 94 800 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari, 18 ta aholi punktlarida 92,5 mlrd.sо‘m mablag‘lar evaziga 161,8 km ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

- Aholini uy-joyga bо‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1700 ta uy-joylar quriladi.

- Qishloq xо‘jaligining barcha sohalari bо‘yicha jami qiymati 1 trln 117 mlrd.sо‘mlik 367 ta loyiha amalga oshiriladi.

- Sovutkich sig‘im tashkil qilish uchun jami qiymati 47,3 mlrd. sо‘mlik 14  ta loyihalar amalga oshiriladi.

- 138,1 ming gektar yer maydonida  9 ta paxta klasterlari tomonidan yetishtirilgan paxta hosili 86,4 foizi qayta ishlanadi.

- Modomiki, belgilab berilgan topshiriqlarni ijro etish uchun bizga zamonaviy fikrlaydigan, chet tillarini puxta о‘zlashtirgan yosh malakali mutaxassislar zarur. Shu kuni viloyatdagi eng yirik obyektlarga, qо‘shma korxonalarga, zavod , sog‘liqni saqlash  va ta’lim muassasalariga ekskursiya qilib, yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayonlarini о‘z kо‘zlaring bilan kо‘rib kelganlaring bejiz emas.

Viloyat rahbari yoshlar bilan samimiy suhbat qurgan uchrashuvda istiqbolli avlod о‘zlarini qiziqtirgan savol va fikr-mulohazalari yuzasidan sо‘zga chiqishdi. Maqsadlari aniq 100 nafarga yaqin oliy ta’lim dargohlari bitiruvchi kurs talabalariga ishga joylashuvi tо‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 

Yig‘ilish “Vatan himoyachilari kuni” arafasida о‘tkazilayotganligi munosabati bilan ishtirokchilarni qutlagan viloyat hokimi, vatanparvarlik faqat harbiy xizmatda yoki jang maydonida emas, balki, mana shu zaminda yashab turgan har bir inson о‘z uyi, mahallasini asrashi, о‘zining bor qobiliyatini, ilmu hunarini ona yurtining ravnaqi yо‘lida sarflashi ham vatanparvarlik namoyishi ekanligini targ‘ib qildi. О‘z vatanlarini dunyoga mashhuri zamon qilgan yuksak ilmli Abul-Muin-NASAFIY, Abdu-l-Hamid KESHIY, Abu-l-Barakot NASAFIY,  Ahmad FARG‘ONIY, Muhammad XORAZMIY, Imom BUXORIY, Imom TERMIZIY, Abulays SAMARQANDIY, Burhoniddin MARG‘INONIYlarning sadoqati, yurtiga muhabbatini ifoda etishda kо‘rsatgan ulkan meroslarini xotirladi.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA