Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Mehr-oqibat, insoniylik – xalqimizga xos xislat. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga muruvvat kо‘rsatish, holidan xabar olish, mushkulini biroz bо‘lsa-da yengillatish savobli yumush.

Qashqadaryo viloyati hokimining faxriylar bilan ishlash bо‘yicha maslahatchisi Inoyatov Yanvar Pо‘latovich hamda viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari о‘rinbosari Oybek Shagazatov birgalikda Qarshi shahar “Xaramjuy” MFY, “Xaramjuy” kо‘chasi-14a uyda yashovchi front ortida mehnat qilgan faxriy Shamsiyev Jо‘ra boboning holidan xabar olindi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Xabaringiz bor, 16-mart kuni Qarshi shahrida Navrо‘z sayllari о‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ma’lum sabablarga kо‘ra qoldirilgan Navrо‘z tantanalariga tashrif buyurgan san’at namoyondalari e’tiborsiz qoldirilmadi. Viloyat rahbari ular bilan shaxsan uchrashdi.

Shu bilan birga voha ahliga Navrо‘z kunlari xushnudlik ulashish maqsadida el suygan taniqli san’at ustalari, kino va teatr aktyor hamda aktrisalari ishtirokida Navrо‘z bayrami tantanalariga bag‘ishlangan kо‘rsatuv tasvirga olindi.

Quyida jarayonlardan fotoreportaj taqdim etiladi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Shu yilning 7-8 fevral kunlari Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Shahrisabz tumanining Tojikiston bilan chegaradosh bо‘lgan “Sarchashma” qishlog‘i yoshlari bilan uchrashuvida ishsiz yoshlarning mavsumiy bandligini ta’minlash, ularni tomorqadan maqsadli foydalanishga, qо‘shimcha daromad topishga yо‘naltirish maqsadida viloyatning boshqa tumanlaridan yer ajratib berish haqida va’da bergan edi.

Shu munosabat bilan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, senator Tursinxan Xudaybergenov, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Dilshod Usmanovlar G‘uzor tumanidagi "Shakarbuloq" qishlog‘ida sarchashmalik yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida chegara qishloqdan G‘uzor tumanida dehqonchilik qilish uchun kelgan 50 nafarga yaqin yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun bir gektardan yer maydoni ajratilib berildi.

Yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli 100 о‘ringa mо‘ljallangan zamonaviy tipdagi, issiq va sovuqni о‘tkazmaydigan "Yoshlar palatkasi" qurib beriladigan bо‘ldi.

Bu kabi loyihalar viloyatning barcha tumanlarida amalga oshirilishi belgilab olindi.

G‘uzor tumani hokimligi Axborot xizmati.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida "O'zbekkino" milliy agentligi va "Respublika kinoprokat markazi" DUK tomonidan joriy yilning 10 fevralidan 10 martgacha mamlakatimizda "O'zbek kinosi kunlari" o'tkazilmoqda.

Qarshi shahridagi madaniyat va aholi dam olish markazida mazkur tadbir munosabati bilan taniqli kinoaktyor va rejissyor Hilol Nasimov bilan ijodiy uchrashuv ham o'tkazildi. Tadbir doirasida buyuk bobokalonimiz Abul Muyin Nasafiy hayotiga bag'ishlangan "Haqiqat qilichi" va "Tinchlik ortida" badiiy filmlarning namoyishlari ham bo'lib o'tmoqda. Xuddi shunday tadbirlar "Respublika kinoprokat markazi" DUK viloyat filiali tomonidan Shahrisabz shahri, Shahrisabz va Yakkabog' tumanlarining chekka qishloqlarida ham o'tkazildi. 

 

 

 

Qashqadaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot о‘tkazildi.

Unda yoshlar tomonidan kо‘plab tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, tizimda haftada bir kun sport kuni etib belgilash, moliya sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jalb etib, о‘quv-seminarlari va treninglar, yoshlar о‘rtasida “Bilimdon moliyachi” konkursini tashkil etish va mamlakatimiz bо‘ylab sayohatlar о‘tkazilishi takliflari berildi.

Shuningdek, yosh xodimlar shu kuni “Yosh moliyachiga 10 nihol” shiori ostida manzarali daraxtlar ekishdi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA