Диққат! Давлат статистика ҳисоботининг ойлик шаклларини тақдим этиш муддати 5 июндан 7 июнга кўчирилмоқда

TADBIRKORLAR UCHUN

Obuna bo'ling!

Please enable your javascript to submit this form

Qashqadaryo viloyat Statistika boshqarmasi haqida

Qashqadaryo Viloyati Statistika Boshqarmasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg’or statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat ko’rsatishiga yo’naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi printsiplar asosida amalga oshiradi:

  • Ishonchlilik, xolislik, beg’arazlik;
  • Dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
  • Qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
  • Statistika hisobotini yig’ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.

Quyidagilar Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta’minlash;
  • Ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy printsiplariga javob beradigan yagona statistika metodologiyasini hamda milliy hisoblar tuzishni ta’minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo’lgan ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan jarayonlarni har tomonlama tavsiflovchi statistika va hisobot ko’rsatkichlarining tezkorligini,haqqoniyligini ta’minlash;
  • Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-3165-SON QARORI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA