Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR UCHUN

Obuna bo'ling!

Please enable your javascript to submit this form

2019 yil yanvar-fevral oylarida
xizmatlar sohasining rivojlanishi

Zamonaviy jamiyat hayotida xizmatlar sohasi juda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Bugungi kunda u yoki bu turdagi xizmatlar ko’rsatmaydigan yoki hech bo’lmaganda unga duch kelmagan korxonalar deyarli qolmagan.

Hozirgi vaqtda viloyatda 22,4 mingga yaqin korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan, xizmatlar sohasida 14,0 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Xizmatlar sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlar sonidagi ulushi 62,5 % ni tashkil etdi. Batafsil...

 

Dastlabki ma’lumotlar bo’iycha 2019 yilning yanvar - fevral oylarida viloyat korxonalari tomonidan 3002,4 mlrd.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 95,9 % ni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash - 91,1 % ni, ishlab chiqaradigan  (qayta ishlash) sanoat - 98,4 % ni,  elektr, gaz, bug'  bilan ta'minlash va havoni kondittsiyalashning – 107,9 % ni va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish – 93,2 % ni tashkil etdi. Batafsil...

Sog`lom tanda – sog` aql

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4063-son qaroriga asosan davlat boshqaruv organlari hodimlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida 13-mart kuni Qashqadaryo viloyatida markaziy maydonida ommaviy 5-10 daqiqalik jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish tashkil etildi. Sport bilan shug’ullanishdan ko’zlangan asosiy maqsad jismoniy harakatlar inson organizmidagi ish faoliyatini yaxshilaydi, ayniqsa, bosh miya faoliyati hamda qon aylanish sistemasi uchun jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish juda muhim. Ushbu badantarbiya mashqlari tadbirida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi hodimlari ham faol ishtirok etishdi.

 

 

 

QASHQADARYO VILOYATIDA KORXONALAR VA TASHKILOTLAR

                                  (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)                                     

     (2019-yil 1-mart holatiga)

 

2019-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda 1493 ta korxonalar va tashkilotlar (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 784 taga ko’pdir.

Natijada, faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o’tgan yilning shu davriga solishtirilganda 3378 ta (17,7 %) ga o’sgan hamda ularning umumiy soni 22421 tani tashkil etgan. Batafsil...

QASHQADARYO VILOYATINING
C
HAKANA SAVDO TOVAR AYLANMASI

(2019 yil yanvar-fevral)

 

Viloyat  bo`yicha  joriy  yilning  yanvar-fevral oylarida  chakana  savdo  tovar aylanmasi

1507,1 mlrd. so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan
100,9 % ga o`sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 36,4 mlrd. so`mni (o`sish sur`ati 33,7%), kichik tadbirkorlik sub`ektlarining tovar aylanmasi
1470,7  mlrd. so`mni (o`sish sur`ati 106,4 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 105,5  mlrd. so`mni (o`sish sur`ati 102,1 % ) tashkil etdi. Batafsil...