Sayt test rejimida ishlamoqda

2019 yil 11 yanvar holatiga (1 kg. so`mda)

Mahsulot nomi Min. Max.
Mol go`shti
 (minimal narxi - suyakli, maksimal narxi - suyaksiz lahm)
28 000
55 000
Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”,
Chirchiq sh. “Chirchiq shahri dehqon bozori”,
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori”
Toshkent sh. “Mirobod dehqon bozori”
Qo`y  go`shti 28 000
48 000
Toshkent sh. “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” Toshkent sh. “Farhod dehqon bozori”,
“Eski jo`va dehqon bozori”
Kartoshka 1 200
4 000
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori” Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”,
“Mirobod dehqon bozori”
Piyoz 500
2 500
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori” Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”
Sabzi 1 000  4 000 
Andijon sh. “Yangibozor dehqon bozori”,  “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”,
Namangan sh.  “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”,
Farg`ona sh. “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”,
“Mirobod dehqon bozori”
Tuxum (10 dona) 3 000
8 000
Toshkent sh. “Qo`yliq dehqon bozori” Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori”
Guruch
 (minimal narxi “Mustaqillik" va “Nukus” navlari, maksimal narxlari “Devzira” va “Cho`ng`ara” navlarida qayd etilgan)
5 000
25 000
Toshkent sh. “Eski jo`va dehqon bozori”, Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”,
Andijon sh. “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dexqon bozori”
Jizzax sh. “Eski shahar dehqon bozori”, “Jizzax markaziy dexqon bozori”,
Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”
Toshkent sh.  “Oloy dehqon bozori”,
“Mirobod dehqon bozori”
O`simlik yog`i (1 l.)
(minimal narxi - paxta yog`i, maksimal narxi - kungaboqar yog`i)
8 000
13 000
Andijon sh. “Yangibozor dehqon bozori” Jizzax sh.  “Ko`k dehqon bozori”
Shakar 4 400
6000
Toshkent sh. “Mirobod dehqon bozori”,
“Eski jo`va dehqon bozori”
Termiz sh. “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”

 

*) Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste`mol narxlari ma`lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan quyidagi shakllantirilgan ro`yxat asosidagi savdo ob`yektlari (markaziy dehqon bozorlari)dan olingan.

2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so`mda)

Mahsulot nomi Min. Max.
Mol go`shti 26 000  52 000 
Nukus sh. Chirchiq sh.
Qo`y go`shti 28 000  46 600 
Jizzax sh. Toshkent sh.
Kartoshka 1 200  3 700 
Toshkent sh. Toshkent sh.
Piyoz 500  1 900 
Toshkent sh. Toshkent sh.
Sabzi 900  3 400 
Namangan sh. Toshkent sh.
Tuxum (10 dona) 4 000  7 800 
Andijon sh.  Toshkent sh.
Guruch 4 000  19 600 
Guliston sh. Toshkent sh.
O`simlik yog`i (1 l.) 8 500  13 000 
Andijon sh. Jizzax sh.
Shakar 4 500  5 500 
Guliston sh. Nukus sh., Andijon sh.,
Buxoro sh., Jizzax sh., Qarshi sh., Navoiy sh., Namangan sh.,
Samarqand sh., Termiz sh.,
Urganch sh.

 

*) Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste`mol narxlari ma`lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan quyidagi shakllantirilgan ro`yxat asosidagi savdo ob`yektlari (markaziy dehqon bozorlari)dan olingan:

Respublika hududlari kesimidagi markaziy dehqon bozorlari ro`yxati

 

2018 yil 10-11 dekabr kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida Tashqi savdo statistikasi bo`yicha seminar bo`lib o`tdi. Mazkur seminar Yevrostat tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminar treningda Davlat statistika qo`mitasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasining Tashqi va ichki savdo statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi yetakchi mutaxassisi Z.Abduxamidov ishtirok etdi.

Seminar treningda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Ukraina va O`zbekiston statistika idoralari xodimlari hamda Turkmaniston statistika idorasi, BMT, Yevropa erkin savdo uyushmasi va Yevrostat vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu seminar davomida tashqi savdo statistikasining umumiy qoidalari, asosiy tamoyillari, ushbu tamoyillarni amaliyotda qo`llash tartiblari va kontseptual asoslari keng yoritilib, ma`lumotlarning sifat nazoratiga qo`yilgan talablar bo`yicha tinglovchilarga tushunchalar berildi. Shuningdek, seminar davomida xalqaro standartlarga muvofiq tashqi savdo ko`rsatkichlarini shakllantirishda Turkmaniston tajribasi va ma`lumotlar bazasini EUROTRACE dasturiy ta`minotiga biriktirish bo`yicha qilingan harakatlar, ish jarayonida duch kelingan qiyinchiliklar, yutuqlar va kelgusidagi rejalari bilan o`rtoqlashildi. 

Axborot xizmati

2018 yil 10 dekabr kuni soat 11:00da “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Davlat statistika qo`mitasi tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati, markaziy apparat tarmoq boshqarmalari boshliqlari va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, mamlakat hukumati tomonidan foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika ma`lumotlarini maksimal darajada ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini ta`minlash bo`yicha qat`iy choralar ko`rilmoqda. O`z navbatida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan www.stat.uz rasmiy saytining yangilangan shakli ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Saytning yangilangan shakli foydalanish uchun qulay bo`lgan interfeysda yaratilgan. Unda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ma`lumotlar bir bo`limda yaxlitlangan, tahliliy ma`lumotlar va press-relizlar chop etilishi yo`lga qo`yilgan, barcha ma`lumotlar uch tilda (o`zbek, rus va ingliz) joylashtirib boriladi.

Mamlakatimiz va viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini infografika, diagramma, video, maqola, tahliliy materiallar, taqqoslashlar va boshqa zamonaviy usullar shaklida muntazam yoritib borish borasida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin va samarali hamkorlik o`rnatilgan.

Bundan tashqari, tadbirda Davlat statistika qo`mitasining Facebook ijtimoiy tarmog`ida sahifasi va Telegram messenjerida guruhi ochilgani bo`yicha ma`lumotlar berib o`tildi.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta fondi, Yevrostat va boshqa halqaro tashkilotlar va statistika institutlari bilan statistik hisobotlarning uslub va uslubiyotlarini takomillashtirish va ularni umume`tirof etilgan halqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo`yicha faol ish olib borilayotganligi ta`kidlandi. Xususan, kichik korxonalar, mikrofirmalar, dehqon va fermer xo`jaliklari statistik kuzatuvlari takomillashtirildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida norasmiy faoliyatni iqtisodiyotning turli sektorlarida muntazam statistik kuzatuvlari tizimi kengaytirildi, inflyatsiya darajasini hisoblash va monitoringining yangi uslubiyati joriy etildi, “Milliy hisoblar tizimi — 2008” tavsiyalari asosida hisobning uslub va uslubiyatlari takomillashtirildi.

Davlat statistika organlari oldida turgan global muammolardan biri xorijiy mamlakatlar axborot resurslarida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida ishonchli va aniq statistik ma`lumotlarni joylashtirib borish hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan muntazam ravishda mamlakatning yetakchi oliy o`quv yurtlarida seminarlar va davra suhbatlari o`tkazilmoqda va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Yuqoridagilar qatorida, matbuot anjumani davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari besh yillik qiyosiy statistik tahlillar ko`rinishida taqdim etildi.

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

2018 yilning 13-15 noyabr kunlari Bangkok shahrida (Tailand) “Aholining tabiiy harakati va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish” bo’yicha mintaqaviy boshqaruv guruhining to’rtinchi kengashi bo’lib o’tdi. Mazkur kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etildi.

 

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig’i Z.Yuldoshev ishtirok etdi.

Shuningdek, kengashda Tailand, AQSH, Janubiy Koreya, Kamboja, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Yangi Zenlandiya, Indoneziya, Filippin, Fiji, Timor Leste, Kook orollari, Vanuatu, Butan, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Armaniston, Qozog’iston hamda O’zbekiston davlatlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish idoralari hamda statistika idoralari rahbar va xodimlari hamda ESCAP, UNICEF kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

 

 

Kengashda Osiyo va Tinch okeani mintaqalari bo’yicha aholining tabiiy harakati va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish masalalari yuzasidan 2020 yilgi vazirlar Konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan ishtirokchi davlatlarning oraliq taraqqiyot ko’rsatkichlari muhokama qilindi.

Axborot xizmati