Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Qashqadaryo aholisi

01.01.2021 holatiga ko'ra*

3334480
Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari A.Eshonqulov “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha hisobot berdi.

Qashqadaryo viloyatida 4 ta mahalla va 26 ta qishloqlar dasturga kiritilgan. 26 ta qishloqlar uchun 209,8 mlrd.so‘m, shaharlarning 4 ta mahalllariga 34,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan.

Dastur doirasida 27,7 ming xonadon yoki 146,2 mingdan ortiq aholining yashash va turmush sharoitlari yaxshilanadi.

Ichimlik suv taʼminotini yaxshilash bo‘yicha "Manzilli dastur”ga ko‘ra joriy yilda quriladigan suv tarmoqlari 1127,3 kmni tashkil etadi. Viloyat bo‘yicha suv bilan taʼminlanganlik 49,9% foizga yetadi.

Joriy yilda ichki xo‘jalik yullari va ko‘priklarini qurish bo‘yicha hisobot:  viloyatda jami 18 548 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlari ko‘chalari mavjud bo‘lib, shundan shahar ko‘chalari 1 107 km, tuman markaziy ko‘chalari 1 813 km, xo‘jaliklararo qiloq avtomobil yo‘llari, Qishloq aholi punkt ko‘chalari 13 921 km, Shahar tipidagi posyolka ko‘chalari 1707 kmni tashkil etadi.

Kashkadaryo viloyati ichki xo‘jalik yullari va ko‘priklarini qurish hamda taʼmirlash ishlariga 267 016,2 ming so‘m mablag‘ ajratildi. “Obod qishloq” dasturi doirasida 120 218,8 mln so‘m miqdorida 468,7 km yo‘llar taʼmirlanadi. 178,2 km asfaltobeton qorishmasi bilan taʼmirlansa, 290,5 km yo‘l qum shag‘al aralashmasi bilan taʼmirlash ishlari ko‘zda tutilgan. “Obod mahalla” dasturi doirasida esa 213 34,0 mln so‘m evaziga 46,7 km yo‘llar yaxshilanadi.

“Obod kishlok” va “Obod maxalla” dasturlarida belgilangan taʼmirlash ishlari uchun 110 399 tonna Asfaltobeton qorishmasi, 6734 tonna Bitum maxsuloti, 266794 m3 qum-shag‘al aralashmasi sarflanadi.

Ichki xo`jalik yo`llarida joylashgan viloyatdagi 39 dona ko‘prik taʼmirlanadi. Buning uchun 90,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

2021 yilda viloyatda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 1194,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 400 ta transfarmatorlar reformatsiya qilinadi va yangidan o‘rnatiladi.

Sessiya so‘nggida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Viloyatda joriy yilda umumiy qiymati 11 trillion 300 milliard so‘m bo‘lgan 1 ming 125 ta hududiy loyiha tayyorlangan. Shundan 296 ta korxona sanoatga doir, 449 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida, 380 tasi esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 19 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Yangi barpo etiladigan korxonalarda yiliga 6 trillion so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Bu 131 million dollarlik import o‘rnini bosish, 180 million dollarlik eksport qilish imkonini beradi.


Qashqadaryo — qadimiy maskan. Bu ko‘hna tuproq o‘z boshidan juda ko‘p tarixiy voqea va hodisalarni kechirgan. U ulug‘ shoirlar, allomalar, qolaversa, sohibqiron Amir Temur vatani.
Qashqadaryo bugun chinakam tadbirkorlar va sanoat maskaniga aylanmoqda. Bu yerda 3 million 300 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Voha yildan yilga o‘z mavqei va salohiyatini tiklab bormoqda. Buni bugun bog‘-rog‘lar, ravon yo‘llar, yo‘l chetidagi katta-kichik savdo do‘konlari, tuman va shaharlarda qad rostlayotgan korxonalar misolida yaqqol ko‘rish, sezish mumkin.


Viloyat sanoati izchil rivoj topmoqda


Bunda yengil sanoat, xususan, to‘qimachilik salmoqli o‘rin tutadi. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki to‘qimachilik mahsulotlariga nafaqat mamlakatimiz, balki xorijda ham talab yuqori. Ana shu talab va ehtiyojdan kelib chiqib, o‘tgan yil oktyabr oyida Shahrisabz tumanida sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Oqsaroy Vortex” korxonasi ish boshladi.
Korxona sun’iy va tabiiy toladan bir yilda 3 ming tonna kalava ip, 5,5 ming tonna sun’iy tolali ip, 3,5 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Eksport hajmi 7 million dollarni tashkil etadi. Loyiha qiymati — 15 million dollar.
Tabiiy sanalgan paxta tolasidan tayyorlangan mahsulotlar nafaqat yurtimiz, balki dunyo bozorida ham xaridorgir. Ammo unga talab mavsumiy bo‘lib, sun’iy matolarga yilning to‘rt faslida ham ehtiyoj bor. Shu bois, korxonada viskoza va poliester kabi sun’iy toladan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda shu paytgacha bunday gazlama tayyorlanmagan. “Oqsaroy Vortex” korxonasi yurtimizda bu ishga birinchi bo‘lib kirishdi. Korxona mavsumiy emas, yil davomida ishlaydi, faqat importga qaram bo‘lib qolmaydi.

— Viskoza tabiiy syellyuloza k imyoviy usulda qayta ishlanganidan so‘ng olinadigan sun’iy tola sanaladi. U deyarli har bir o‘simlik tarkibida uchraydi, — deydi “Oqsaroy Vortex” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Dilshod Qosimov. — Biroq u, asosan, daraxt qipig‘idan olinadi. Viskozadan to‘qilgan gazlamani bo‘yash oson, gigiyena talablariga javob beradi, xomashyosi ham nisbatan arzon. Unga paxta va poliester qo‘shilib, turli-tuman gazlamalar tayyorlanadi. Viskozadan tikilgan kiyim yumshoqligi, momiqligi, salqin tutishi, suvga chidamliligi bilan ajralib turadi. Shu bois, undan tikilgan mahsulotning bozori chaqqon. Buyurtmani oldindan olamiz. Mijozlarimiz yetarli.

Korxonada ayni paytda 20 rangda sun’iy mato ishlab chiqarilyapti. Bir sutkada 20 tonnagacha mahsulot tayyorlanadi. Ish uch smenada tashkil etilgan. Yaponiyaning “Murata” kompaniyasi zamonaviy to‘qimachilik texnologiyalari ish unumdorligi oshishida muhim omil bo‘lyapti. U bir qator afzalliklarga ega. Ushbu texnologiya vositasida kalava ip to‘qilayotganda tola markazlashgan aerodinamik havo bosimi orqali o‘tadi. Natijada ip yanada mayinlashadi, sifati oshadi.

— To‘quv dastgohlari, asosan, Germaniya va Yaponiyadan olib kelingan, ular eng zamonaviy dastgohlar sirasiga kiradi, — deydi Turkiyadan jalb qilingan texnolog Adimbey Jeyxan. — Bir daqiqada 500 metr ipni o‘ray oladi. Bunday tezlikda ishlaydigan dastgohlar hali MDH mamlakatlarida yo‘q. Rossiyalik tadbirkorlar nafaqat mahsulotlarimiz, balki dastgohlarimizga ham qiziqmoqda.

— Ish so‘rab mahallaga murojaat qilgandim, meni shu korxonaga tavsiya etishdi, — deydi Nodira Kenjayeva. — Ishli bo‘lganimdan va shu korxonada ishlayotganimdan juda xursandman. Ishni asosan texnika boshqaradi. Biz esa uni kuzatamiz, mahsulot sifatiga e’tibor qaratamiz.
Davlatimiz rahbari o‘tgan yilning 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyat iga tashrifi chog‘ida “Oqsaroy Vortex” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishgan, viloyatning boshqa tumanlarida ham shunday to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Ana shu topshiriqqa asosan, joriy yilda ushbu korxona yonida yana bitta to‘qimachilik fabrikasini barpo etish, kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. U bir yilda 7 ming tonna kalava ip, 2,1 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. 700 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, joriy yilda paxtani qayta ishlash zavodini ishga tushirish ham ko‘zda tutilgan. Unda 600 ga yaqin yangi ish o‘rni ochiladi. 

Bundan tashqari, viloyatning Yakkabog‘ va Qamashi tumanlarida ham to‘qimachilik korxonasi barpo etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shahri sabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlarida paxta klasterlari tashkil etilgan. Fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan paxta shu yerning o‘zida qayta ishlanadi.
Xitoylik investorlar ham fabrika, ham zavod qurishyapti


“LT Textile International” korxonasi to‘liq xitoylik investorlar mablag‘i evaziga bunyod etilgan. Uning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi.
Ushbu loyiha qiymati — 100 million dollar. Uning ilk bosqichida paxta tolasi qayta ishlanib, kalava ip tayyorlanyapti. Bir yilda 22 ming tonna kalava ip ishlab chiqarish quvvatiga ega. Fabr ika maydoni 64 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Boshqa tumanlardan kelib ishlaydiganlar uchun 500 o‘rinli yotoqxona qurildi.
Fabrikada kuniga o‘rtacha 55 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Jami 630 nafar xodim mehnat qiladi. Shundan 32 nafari xitoylik mutaxassislar. Ayni paytda mahalliy aholidan ikkinchi fabrika uchun mutaxassislar tayyorlanyapti.
2019 yildan buyon kalava ip ishlab chiqaradigan yana bir fabrika qurilyapti. Bu yerda hozir dastgohlar o‘rnatilmoqda. Uni joriy yilning iyun oyida ishga tushirish mo‘ljallangan.

— Loyihaning ikkinchi bosqichi ip yigirish va to‘qish fabrikasini o‘z ichiga oladi, — deydi korxona bosh direktori Chen Ji. — Yigirish fabrikasida bir yilda 22 ming tonna kalava ip tayyorlanadi. To‘qish fabrikasi esa 13 million metr gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bir yilda 92 million AQSH dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.
Korxonada Germaniya va Shveysariya dan keltirilgan zamonaviy, energiya tejaydigan to‘qimachilik dastgohlari o‘rnatilgan. Paxtani titish, qayta tozalash va tarash, yigirish va o‘rash liniyalari ishga tushirilgan.

— Uchinchi fabrikani joriy yilning oxirigacha ishga tushirishni mo‘ljallaganmiz, — deydi ishlab chiqarish syexi boshlig‘i Lyu Meng. — U asosan gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Fab rikalarimiz aslida o‘tgan yili ishga tushishi kerak edi. Pandemiya tufayli rejamiz orqaga surildi. Uchinchi fabrika ishga tushishi bilan 300 ga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi. Qashqadaryoda yetishtiriladigan paxta tolasi toza va sifatli. Shu bois, undan tayyorlanadigan mahsulot jahon standarti talablariga javob beradi.
Korxona ishchilari, asosan, 20-35 yoshdagi mahalliy yoshlardan iborat. Fabrika mahsulotining asosiy qismi eksportga mo‘ljallangan. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 90 foizdan ko‘prog‘i 16 mamlakatga eksport qilinmoqda.

Xitoylik mutaxassislar ishchilarga zamonaviy dastgohlarda ishlashni o‘rgatishyapti. Bundan tashqari, 60 ga yaqin mahalliy mutaxassis Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytdi.

— Xitoyda ham o‘qidik, ham ish o‘rgandik. Uch yarim oy korporasiyaga qarashli korxonalarda zamonaviy dastgohlarda ishlashni o‘zlashtirdik, — deydi korxona ishchisi Anvar Niyozov. — Xitoyda har bir ishchi o‘z ishini sifatli va mukammal bajarishga intiladi. Zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qiladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ta’sir etadi. Ishchiga ishining sifatiga qarab haq to‘lanadi. Mahsulotning sifatli bo‘lishi juda muhim. Yangi kelgan xodimga xatosiz ishlash, e’tiborli va talabchan bo‘lish, xavfsizlik va tartib-intizomga rioya qilish o‘rgatiladi.

Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilayotgan bunday korxonalar mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Kichik sanoat zonalari — yosh tadbirkorlar maskani Davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlari forumida erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha to‘plangan tajriba asosida hududlarda yoshlar kichik sanoat zonalarini tashkil etish, unda yoshlarning biznes loyihalarini joylashtirish haqida gapirgan edi.
Ana shunga asosan, Qarshi shahridagi “Xontepa” mahallasi hududida yoshlar kichik sanoat zonasi tashkil etildi. Umumiy maydoni 2 gektar bo‘lib, 20 ta lotga ajratilgan. Unda 18 nafar yigit-qiz umumiy qiymati 20 milliard 372 million so‘mlik biznes loyihasi bilan ishtirok etmoqda. Buning natijasida “Yoshlar daftari”ga kirgan yigit-qizlar uchun 320 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu kichik zonada yengil sanoat mahsulotlari, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari, turli texnik jihozlar, mebel ishlab chiqarish, oynaga ishlov berish kabi bir qator faoliyat yo‘lga qo‘yiladi.

— O‘zimning sarmoyam bor edi. Shunga mos biznes reja tuzdim, ammo uni amalga oshirish uchun joy topolmay yurgandim. Yordam so‘rab Yoshlar ishlari agentligiga murojaat qildim. Ular sanoat zonasidan 400 metr kvadrat joy ajratib berishdi, — deydi “Taraqqiyot hamkor qurilish” MChJ direktori Farhod Kichkinayev. — Natijada zamonaviy MDF eshiklar, oshxona, yotoqxona va ofis uchun mebellar, yog‘ochdan stolstul ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Loyiha qiymati 1 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozir 15 nafar yoshni ishga oldim. Yana shuncha yangi ish o‘rni yaratish niyatidaman.
Davlatimiz rahbari yoshlar forumida ijtimoiy so‘rovlar aksariyat yoshlarimizda ijobiy motivasiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligini ko‘rsatgani, demak, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidlagandi.

Shundan kelib chiqqan holda viloyatda yoshlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Yosh tadbirkor Farhod ham O‘zbekis ton savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi “Exclusive education and business” o‘quv markazida tahsil oldi.

— Sidqidildan va halol mehnat qilgan odam o‘z maqsadiga, albatta, erishadi, — deydi Farhod. — Mebellarimizga talab va ehtiyoj yuqori. Mahsulotlarimiz viloyatdagi har bir oila va xonadonga kirib borishini niyat qilganmiz. Kelgusida Xitoydan yangi dastgohlar olib kelishni, bir yillik daromadimizni 10 milliard so‘mga yetkazishni rejalashtirganmiz.

Prezidentimizning 2020 yil 1213 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida tadbirkorlikni rivojl antirish asosiy yo‘nalish sifatida belgilandi.

Davlatimiz rahbarining: “Viloyatda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Hokimlar har haftada bir kunni yoshlar bilan ishlash kuni deb e’lon qilib, ularning muammolari bilan shug‘ullanadi”, degan topshirig‘i bugun Qashqadaryoda o‘z natijasini bermoqda.


Risolat MADIYEVA,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri

15 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga viloyat rahbari Qashqadaryo viloyatida joriy yilda amalga oshiriladigan investisiya loyihalarini taqdimot qildi.

Joriy yil uchun umumiy qiymati 11 trillion 300 milliard so‘m bo‘lgan 1 ming 125 ta hududiy loyiha shakllantirilgan. Xususan, sanoat sohasida 296 ta, xizmat ko‘rsatishda 449 ta, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 380 ta korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunda iqtisodiy samaradorlik va bandlikka alohida e’tibor qaratilgan. Bo‘lg‘usi korxonalarda yiliga 6 trillion so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Bu 131 million dollarlik import o‘rnini bosish, 180 million dollarlik eksport qilish imkonini beradi. 19 mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanadi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 26 ta loyiha taklifi bildirilgan. Shundan 10 tasi tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Bularning natijasida paxta xomashyosini viloyatning o‘zida qayta ishlash darajasi sezilarli oshadi. Birgina shu tarmoqda 7 ming 600 dan ziyod ish o‘rni tashkil etiladi.

Qashqadaryoda yiliga 106 ming tonna gipsokarton, 102 ming kvadrat metr kafel va boshqa qurilish materiallariga talab bor. Lekin, kerakli xomashyo bo‘lishiga qaramay, viloyatda bu mahsulotlar umuman ishlab chiqarilmas edi. Shu bois bu sohada bir nechta loyiha rejalashtirilgan.

Misol uchun, Chiroqchi tumanida 210 milliard so‘mlik loyiha evaziga gipsokarton, pardozbop toshlar, gazobeton, temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Buning natijasida uy-joylar qurilishida 1 kvadrat metr tannarxini 25 foizgacha qisqartirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shuningdek, Chiroqchi tumanida kafel ishlab chiqarish, Shahrisabz shahrida granit va marmarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar ham bor.

Qashqadaryoning tog‘li tumanlari meva-sabzavot, uzum, kartoshka, kovrak kabi bozorbop mahsulotlar yetishtirishga, dasht hududlar chorvachilikka ixtisoslashtirilgan. Jumladan, Nishon tumanida chorva kompleksi tashkil etib, sutni qayta ishlash bo‘yicha 110 milliard so‘mlik loyihaga kirishilgan. Bu majmuada 614 bosh naslli qoramol boqilib, yiliga 5 ming 760 tonna sut mahsulotlari tayyorlanadi. 230 nafar qishloq aholisi ishli bo‘ladi.

Shahrisabz tumanining tog‘oldi qishloqlarida kartoshka va sabzavotlar yetishtirish loyihalari ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jahatdan muhim. Buning uchun aholiga yer ajratib berilib, mahsulotlar kooperasiya asosida sotib olinadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, shu hududning o‘zidan viloyatda kartoshkaga bo‘lgan talabning 34 foizini ta’minlash mumkin. Bu ishlarga 6 ming 500 dan ziyod aholini jalb etib, ularga daromad manbai yaratish maqsad qilingan.

Viloyatimizning har bir mahallalarida, hiyobonlarda bahor faslining bor go‘zalligini o‘zida mujassam etgan, yangilanish va poklanish ayyomi – Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Aytish joizki, Qarshi shahrining Sohil bo‘yi, “A.Navoiy” nomidagi bog‘ va "Shayxali" MFYlarda, boshqa ochiq joylar hamda mahallalarda viloyat bayrami ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Bayram nishonlangan sayilgohlarda namoyish etilgan taniqli artistlar va xajvchilarning chiqishlari, milliy liboslar, taqinchoqlar, qo‘lda chizilgan rasmlar hamda boshqa ko‘rgazmalar, varrak uchirish, milliy o‘yinlar musobaqalari voha ahliga ko‘tarinki kayfiyat va bayram yanada shodli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Ta’kidlash kerakki, bayramga kelganlar estrada xonandalari va teatr aktyorlarini jalb etilgan yuqori saviyadagi bayramona konsertlardan bahra olishdi.

Bayram munosabati bilan viloyatda ko‘p qavatli uylar, ko‘chalar, mahalla binolari, maktab va bog‘chalar foydalanishga topshirilishi ham voha ahliga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Quyida bayram tadbirlaridan olingan fotogalereya bilan tanishing:

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bugungi kunda 146 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qarshi shahrida qad rostlagan mazkur maktab o‘tgan uch yil ichida o‘nlab iste’dodli o‘quvchilarni kashf etdi.

 

Maktab o‘quvchilari “Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadalarida ona tili va adabiyot, tarix, ingliz tili, biologiya, kimyo, matematika fanlaridan yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. 2019- yilda 9-sinf o‘quvchisi  E’zoza Alisherova “Sakura science program” dasturi asosida Yaponiya ilm-fan va texnologiyalari agentligi tashkil etgan anjumanda Abdulla Oripov she’rlarini ingliz va yapon tillarida o‘qidi. U beshta til, jumladan, yapon tilida ham gapirishni o‘rgandi.

 

E’zoza 2019- yilda ta’lim yo‘nalishida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kundaToshkent davlat yuridik institutining 1-bosqich talabasi.

 

Maktab o‘quvchilaridan Sevinch Omonova, E’zozbek Cho‘liyev, Dilbek Bozorov, Bobomurod Sa’dullayev, Shahina Sobirova, Madina Omonova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi o‘tkazgan “Yilning eng yosh iste’dodli shoiri”, “Yosh kitobxon”, “Zakovat”, “Hayotni sev”, “Yil hikoyasi — 2020”, “Temur tuzuklari bilimdonlari” kabi ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘ldi.

 

Maktab o‘quvchilarining ijod mahsuli “Mitti yulduz jilolari”, “Yana bahor keldi”, “Vatan baxti”, “Quvnoq bolalar” kabi to‘plamlarda chop etildi. — Abdulla Oripov ijodi nafaqat milliy, balki umum insoniy g‘oyalar bilan ham sug‘orilgan, — deydi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Yoqutxon Jamolova. — Shu bois, shoir she’rlarini xorijiy tillarga o‘girish, tarjimonlar.

 

tayyorlashga ham e’tibor qaratyapmiz.  O‘quvchilarimiz  Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, “Qushcha”, “Ona tilim”, “Mitti yulduz”, “Ona” she’rlarini ingliz va rus tillariga tarjima qildi. Shoir ijodidan qilingan tarjimalar ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik olimlar tomonidan yuritilayotgan sahifalarda muntazam yoritib borilmoqda.

2019- yil Qarshi shahrida Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “OLTIN SO‘Z” (“GOLDEN WORD”) xalqaro adabiyot festivali bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan kelgan ijodkorlar qatnashdi.  Ushbu xalqaro anjuman 2020 yilda pandemiya tufayli onlayn tarzda o‘tkazildi. Unda 35 davlatdan vakillar ishtirok etdi. Tadbirda maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sevinch H amroyevaning she’riy to‘plami ko‘pchilik e’tiboriga tushdi.

 — Ijod maktabi shaxsan menga juda ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Eng muhimi, ko‘zlangan maqsadga faqat bilim orqali erishish mumkinligini angladim, — deydi  Sevinch Hamroyeva. — Prezidentimizga Qashqadaryo viloya tiga tashrifi chog‘ida o‘zimning she’rimni o‘qib berish baxtiga muyassar bo‘ldim. “Qalb chizgisi” she’riy to‘plamim Buyuk Britaniyada ingliz tilida chop etildi.

 Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyotini axborot-kommunikasiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ta’lim dargohidagi o‘quv xonalari, laboratoriyalarning barchasi optik tolali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan. Sinf xonalari eng so‘nggi rusumdagi kompyuter, interaktiv doska va videoproyektorlar bilan jihozlangan. Maktab o‘quvchilari o‘zbek tili va adabiyoti bilan birga ingliz tili, axborot texnologiyalari fanlarini ham chuqur o‘zlashtirishga harakat qilmoqda. Ta’lim dargohining 7-8 sinf o‘quvchilari Azizbek  Omonov va Sarvar Sa’dullayev “Abdulla Oripovni birga o‘rganamiz” kompyuter dasturini ishlab chiqdi. U “Scratch” vizual dasturlash uslubida yaratilgan.

  — Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan ushbu dastur orqali shoir hayoti va ijodi haqida keng ma’lumotga ega bo‘lasiz, — deydi Sarvar Sa’dullayev. — Unda o‘rgangan ma’lumotlaringiz asosida test sinovidan o‘tishingiz ham mumkin. Agar bitta savolga to‘g‘ri javob bersangiz, hisobingizga 20 ball qo‘shiladi. Noto‘g‘ri javob qaytarsangiz, 10 ball olib tashlanadi. Balingiz 50 dan past chiqsa, siz yanada ko‘proq o‘qishingiz, o‘rganishingiz kerak, degan motivasiya beriladi. Shu orqali shoir hayoti va ijodini chuqur o‘rganish mumkin.

 Maktabning birinchi qavatida shoir xotirasiga ehtirom sifatida moʻjaz muzey tashkil etilgan. Undan 300 dan ortiq eksponat o‘rin olgan. Abdulla Oripov ulg‘aygan beshik, shoir bolaligi bilan bog‘liq sandal, she’riyat kechalari, kitobxonlik, oila davrasida, ijodkor onasi Turdi Karvon qizi, otasi Orif ota, bolalik yillari, tahsil olgan maktabi binosi, ustoz lar, xorijiy mamlakatlarga qilingan safarlar aks etgan suratlar, ijodkorning ilk “Mitti yulduz” kitobi, hayotining so‘nggi kunlarida qoralagan she’rlari, nashr etilgan kitoblari va esdalik sovg‘alar shular jumlasidan. Ular orasidan noyob bir eksponat — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ilk qo‘lyozma nusxasi ham o‘rin olgan.

  Prezidentimizning “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori  o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, Davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov ijodiy merosiga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasidir. Ayni paytda maktabda mazkur sanani munosib nishonlash uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ijod maktabi hududi hamda shoir haykali joylashgan maydonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilyapti. Bundan tashqari, barcha ijod maktablari o‘rtasida “Mitti yulduz jilolari” she’riyat musobaqasi, “Nazm dorilfununining betakror shoiri” mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiyasini o‘tkazish, ijod maktabi faoliyati hamda o‘quvchilar she’rlari jamlangan bayoz nashr etish kabi tadbirlar ko‘zda tutilgan.

 

Risolat MADIYEVA,

  “Yangi O‘zbekiston” muxbiri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023- YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech