Boshqarma boshlig'ining birinchi o’rinbosari

Funksional vazifalari

-Iqtisodiy islohotlarni borishini, institutsional o‘zgarishlarni, bozor munosabatlari va bozor infratuzilmasining vujudga kelishini, mehnat bozorlari, iste’mol tovarlari va xizmatlar konyukturasini, demografik jarayonlarni, mehnat resurslari dinamikasi va tarkibini, mehnatga haq to‘lash va uning shartlarini, ijtimoiy guruhlar va hududlar guruhlari bo‘yicha aholi turmushining moddiy ta’minlanganligi darajasi, ijtimoiy soha, iqtisodiy sektorlar va tarmoqlar faoliyat ko‘rsatishi dinamikasini, haqqoniyligini nazorat qiladi.

Ijtimoiy sohalar buyicha statistik ma’lumotlar tayyorlash metodlarini, tartibini va sifatini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi. Uy xo‘jaliklarida ijtimoiy kuzatuv ishlari o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishini nazorat qiladi.O‘zi bevosita rahbarlik qiladigan soha bo‘limlari statistik ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga konsalting-shartnoma xizmatlari ko‘rsatish ishlariga rahbarlik qiladi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash» yili Dasturini ijtimoiy sohalar bo‘yicha bajarilishi monitoringini tashkil qiladi uni bo‘limlar va hududlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.

Yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq ish o‘rinlarini hisobini yuritish va monitoringini tashkil etish tartibiga asosan yuridik shaxslar tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlarini Davlat statistik hisobotlarida belgilangan muddatda va aniq ko‘rsatilishi uchun ma’sul hisoblanadi.Xizmatlar, shu jumladan turizm xizmatlarini alohida rivojlanish dinamikasini tahlil qilib boradi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari yo‘qligida uni vazifasini bajaradi.

Quyidagi bo‘limlar ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri rahbarlik qiladi:

1. Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi

2. Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi

3. Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi

4. Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi

5. Qamashi, Koson, Mirishkor, Muborak, Kasbi tumanlari statistika bo’limlari faoliyatini  nazorat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech