So'nggi yangiliklar

Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.

2024-yil yanvar-mart oylarida temir yoʻl transportida bir kunda oʻrtacha 30,1 ming nafar yoʻlovchilar joʻnatilgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga jami 298 338 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 064,4 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,4  barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,7 mln. so‘mni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-mart oylari holatiga koʻra, 37130,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga Qashqadaryo viloyatida sigirlarning umumiy bosh soni 565,6 mingtaga yetdi.

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 3 189,1 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 29,9 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 68 487,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida tirik  tugʻilganlar soni 205,7 ming nafarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir (2023-yilning yanvar-mart oylarida 2 460,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2024-yil 1-aprel holatiga qurilish sohasida 51 837 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

 2024- yilning 1- aprel holatiga Qashqadaryo viloyatida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1725,8 mingtaga yetdi.

Qashqadaryo viloyatida 2024- yil 1- aprel holatiga doimiy aholi soni 3577,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 16,4 ming kishiga yoki 0,5 % ga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 26 429,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.