So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 18 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 105,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 3,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatidan MDH mamlakatlariga eksportning ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,0 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2558,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 21,3 % punktga ko‘payib, 29,5 % ni tashkil etdi.

Viloyatimizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 151 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 90 tasi qoʻshma va 61 tasi xorijiy korxonalardir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yoʻlovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,1 % ni tashkil etdi, shundan eng koʻp ulush  yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri kelib,  76 % ni  tashkil qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 447,9 ming dona qorako‘l teri olingan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 2 754,7 ming tonnani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 73,8 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Viloyatimizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 1578 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2024- yilning 1-may kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan “O‘zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi”, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi, qonunlari hamda O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 2023- yil 11-sentabrdagi,  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli shuningdek, 2024- yil 15-apreldagi 64-sonli, 2024-yil 19-apreldagi 67-68-sonli Farmonlari hamda 2024-yil 15-apreldagi 157-158- sonli qarorlarini mazmun-mohiyati va ahamiyatini Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar  instituti talabalari va o‘qituvchilari jamoasiga keng ko‘lamli huquqiy tushuntirish va targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 869 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 548,6 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 2,4 % ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 mln. dona shprislar, ignalar, kateterlar va shu kabi tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 395 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 230 ta hamda sanoatda 212 ta yangidan tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,4 % ni, fizik hajm indeksi 96,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 25,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 11,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.