Nashr qilish davri — oktabr.
Statistik to‘plam O‘zbekiston Respublikasida turizm industriyasining rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
To‘plamda tashrif maqsadlari bo‘yicha va mamlakatlar kesimida xalqaro turizm oqimlari to‘g‘risida ma’lumotlar, turistik firmalar, mehmonxonalar va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari, sanatoriya-kurort muassasalari, dam olish muassasalari, turistik bazalar, ko‘ngilochar muassasalar, shuningdek, sport va jismoniy tarbiya muassasalari bo‘yicha turizm sohasining asosiy ko‘rsatkichlari, turizm xizmatlarining narx va tarif indekslari, turistik maqsadlarda yo‘lovchilarni transportda tashish, ko‘rsatilgan turistik xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar, turizm sohasi bilan bog‘liq (chakana savdo, umumovqatlanish xizmatlari) iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati va infrastrukturasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.