Joriy yilning 2-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida barcha oʻqituvchi va talabalariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov hamda “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” oʻqituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Davra suhbatida dastlab, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov so‘zga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173- sonli Farmonining mazmun mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o‘tdi.