14/10/2025

Joriy yilning 14-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida huquqiy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov hamda boshqarmaning boshyurstkonsulti M. Sharipov va boshqarma hamda tuman va shaharlar statistika xodimlari ishtirok etishdi.

 

Huquqiy-targ‘ibot tadbirida dastlab, bosh yurstkonsulti M. Sharipov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish  to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 2025- yilning 7-oktabr kunidagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-629-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirib, batafsil ma’ruza qildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollariga maruzachi tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech