31/03/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–dekabr oylarida jami 513,5 mln AQSH dollar miqdorida eksport amalga oshirildi.

Ayniqsa, Nishon tumani tadbirkorlari alohida e’tirofga loyiq. Ular tomonidan 2025 yil davomida 171,8 mln AQSH dollarlik eksport amalga oshirilib, viloyat miqyosida mutlaq yetakchilikka erishildi. Bu natija — hududda yaratilgan qulay biznes muhiti, tadbirkorlarning mehnati va eksport salohiyatining yuksak ekanligining yaqqol ifodasidir.

Bunday yutuqlar viloyatning iqtisodiy taraqqiyotini yanada jadallashtirib, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Eng ko‘p eksport qilgan tumanlar TOP-5 ligi bilan tanishing:

Nishon tumani — 171,8 mln AQSH dollari;

Kasbi tumani — 83,9 mln AQSH dollari;

Qarshi shahri — 39,7 mln AQSH dollari;

Koson tumani — 32,0 mln AQSH dollari;

Chiroqchi tumani — 27,4 mln AQSH dollari;

Tugmani bosing Tinglash GSpeech