Safarov Sodiq Jo'raevich

Tarjimai hol

Safarov Sodiq Jo'rayevich. 1976 yil 22 may kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy.

1993-1997 yy. - Toshkent huquqshunoslik ijtimoiy ta’minot texnikumi talabasi

1997-1999 yy. - Qashqadaryo viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish bosh boshqarmasi, Yakkabog‘ tumani ijtimoiy ta’minot bo‘limi ish yurituvchisi

1999-2005 yy. - Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ijtimoiy ta’minot bo‘limi hisobchisi

2005-2009 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2009-2010 yy. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Davlat registrini yuritish bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi

2010-2010 yy. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Mehnat va kichik tadbirkorlik statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2010-2011 yy. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2011-2011 yy. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

2012-2013 yy. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma ishlar bo‘limi boshlig‘i

2013-2016 yy. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot ishlar bo‘limi boshlig‘i

2016 y.h.v. - Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i 1-o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda


Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Funksional vazifalari

Boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosаri

Davlat Statistik ishlar dasturi bo‘yicha takliflar, loyihalar ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun uzatadi hamda Dasturni bajarilishini boshqarma va hududiy bo‘limlarda tashkil qiladi. Statistik kuzatuvlarga amaliy raxbarlik qiladi, ularning samarali amalga oshirilishini, statistik axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tarqatish va saqlash ishlarini nazorat qiladi. Viloyatda va tumanlarda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish uchun statistik ko‘rsatgichlarni axborot tizimini shakllantiradi. Viloyatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda Narxlar dinamikasini va inflyatsiya darajasini, sanoat, hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishini, qurilish-pudrat ishlari va viloyat buyicha savdo korxonalarining ulgurji, chakana tovar aylanmasi va tovar zaxiralari to‘g‘risidagi statistik tahlillarni amalga oshiradi. Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot ishlari bo‘limi, Sanoat statistikasi bo‘limi, Investitsiyalar va qurilish statistikasi, Narx statistikasi bo‘limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limlari ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qiladi, sohalar ko‘rsatkichlari dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘riligi uchun shaxsan javob beradi. Iqtisodiy krizisga qarshi dasturlarni bajarilishini doimiy tahlilini tashkil qiladi. Aniq iqtisodiy sohalarda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash» yili Dasturini bajarilishini nazorat qiladi. Statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilarga tezkor ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish va konsalting-shartnoma xizmatlari ko‘rsatish ishlarini tashkil qiladi, uni bo‘limlar va hududlar tomonidan bajarilishini nazoratini olib boradi. Viloyat hokimligining tomonidan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturining statistik hisobotlarda to‘liq aks ettirilishini nazoratini olib boradi. Boshqarma Kengashi ishlarini tashkil qiladi. Boshqarma boshlig‘i yo‘qligida boshqarma faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.

Quyidagi bo‘limlar ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qiladi:

  1. Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bо‘limi
  2. Investitsiya va qurilish statistikasi bо‘limi
  3. Sanoat statistikasi bо‘limi
  4. Narx statistikasi bо‘limi
  5. Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bо‘limi
  6. Statistik registrlarni yuritish bо‘limi
  7. Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bо‘limi
Tugmani bosing Tinglash GSpeech