Joriy yilning 25-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi binosida statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining 2024-yil yakunlari boʻyicha iqtisodiy-ijtimoiy koʻrsatkichlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari so‘zga chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarorining mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berdi.
Shuningdek, suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5655- sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi OʻRQ-611-sonli “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisi”gi Qonunining mohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Kaxxorov Sarvar Salimovich hamda boshqarma xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.