30/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 6,8 % ga o‘sdi.

Yalpi ichki mahsulot o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,4 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,7 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,7 f.p. va хizmat ko‘rsatish sohasi – 3,8 f.p. ijobiy hissa qo‘shgan.

Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,2 f.p. ga ko‘paygan.

2025- yilning yanvar-mart oylarida YAIM o‘sishida tarmoqlarning hissasi:

xizmatlar – 3,8 %;

sanoat – 1,7 %;

qurilish – 0,7 %;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 0,4 %;

mahsulotlarga sof soliqlar – 0,2 % ni tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech