Joriy yilning 2-may kuni Qarshi Davlat texnika universitetining iqtisodiyot fakulteti talabalariga Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyat statistikasi boshqarmasi bosh yurstkonsulti M. Sharipov hamda universitet oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida dastlab, bosh yurstkonsulti M. Sharipov Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2025- yil 13-fevraldagi O‘RQ-1030-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni hamda “Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PQ-75-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini talabalarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.
Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.