Joriy yilning 7-may kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida huquqiy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat statistikasi boshqarmasi bosh yurstkonsulti M. Sharipov va boshqarma hamda tuman va shaharlar statistika xodimlari ishtirok etishdi.
Huquqiy-targ‘ibot tadbirida dastlab, bosh yurstkonsulti M. Sharipov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2025- yil 13-fevraldagi O‘RQ-1030-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni hamda “Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PQ-75-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini talabalarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.
Targ‘ibot tadbiri yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollariga maruzachi tomonidan batafsil javoblar berildi.