Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yil 1-iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar 3 018 tani tashkil etdi.
Ularning soni yil boshidan 171 taga oshgan. Shuningdek, ular sohalar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (39,2 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni:
savdo sohasida – 1 184 ta;
sanoat sohasida – 562 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 474 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 463 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 63 ta;
tashish va saqlash sohasida – 16 ta;
qurilish sohasida – 24 ta;
axborot va aloqa sohasida – 24 ta;
boshqa sohalarda – 208 tani tashkil etdi.