Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1-avgust holatiga viloyatimizda 3 076 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni yil boshidan buyon 229 taga oshgan.
Tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi savdo sohasiga (38,5 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:
savdo sohasida – 1 185 ta
sanoat sohasida – 590 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 509 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 463 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 63 ta
qurilish sohasida – 23 ta
axborot va aloqa sohasida – 22 ta
tashish va saqlash sohasida – 16 ta
boshqa sohalarda – 205 tani tashkil etgan.