Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga Kasbi tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 328 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 325 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 137 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 370 ta
Sanoatda – 107 ta
Qurilishda – 81 ta
Savdoda – 373 ta
Tashish va saqlashda – 34 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 29 ta
Axborot va aloqa – 17 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 34 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 280 taga to‘g‘ri keldi.