14/01/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1-yanvar holatiga Qashqadaryoda 30 424 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

 

 Shundan 25 038 tasi yoki 82,3 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha TOP-5 hudud:

 

Qarshi shahri – 6 139 ta;

Qarshi tumani – 2 299 ta;

Kitob  tumani – 2 151 ta;

Koson tumani – 2 083 ta;

Yakkabog' tumani – 2 039 tani tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech