09/04/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida viloyat bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hajmida Mirishkor tumani eng yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi.

Tumandagi o‘sish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kutilmagan darajada — 40,4 martaga oshdi! Bu ko‘rsatkich tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami va sur’ati naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari:

Qarshi tumani — 7,9 marta;
Kasbi tumani — 7,5 marta;
Kitob tumani — 3,7 martani tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech