Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda qariyb 64 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.
Qurilish ishlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-mart):
2022-yil – 24 161,6 mlrd soʻm;
2023-yil – 27 602,0 mlrd soʻm;
2024-yil – 31 058,8 mlrd soʻm;
2025-yil – 52 896,3 mlrd soʻm;
2026-yil – 63 954,7 mlrd soʻm.




