Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 3,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 826,9 ming dona trikotaj futbolkalar import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 397,1 ming donaga yoki 92,4 foizga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p futbolka yetkazib bergan davlatlar:
Bangladesh — 476 780 dona;
Turkiya — 141 650 dona;
Hindiston — 85 418 dona;
Pokiston — 37 145 dona;
Xitoy — 32 373 dona;
Marokash — 11 812 dona;
Misr — 9 132 dona;
Portugaliya — 6 206 dona;
Vetnam — 5 514 dona;
Kambodja — 2 960 dona;
Boshqa davlatlar — 17 872 dona.




