Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–may oylarida viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 190,1 ming so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ga yetdi.
Hududlar orasida Nishon tumani — 27 884,7 ming so‘m, G’uzor tumani — 9 678,4 ming so‘m va Qarshi shahri — 7 415,2 ming so‘m ko‘rsatkich bilan yuqori natijalarni qayd etdi.
Mazkur natijalar viloyatda sanoat ishlab chiqarish salohiyati izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.




