24/07/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga asosan 2010–2025 yillar davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 792,8 mlrd so‘mdan 39 876,0 mlrd so‘mga yetib, qariyb 22 barobar oshdi. Bu hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda yirik loyihalarni hayotga tatbiq etish natijasidir.

2025 yilda investitsiyalarning eng katta ulushi quyidagi tarmoqlarga to‘g‘ri keldi:

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 12 191,1 mlrd so‘m

Ishlab chiqarish sanoati — 6 378,0 mlrd so‘m

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 5 798,9 mlrd so‘m

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 5 381,7 mlrd so‘m

Mazkur natijalar hududda sanoat, energetika va agrar tarmoqlarni modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda investitsiyalarning muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech