Viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiyasiz jamiyat sari” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 31-iyul kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda uning quyi tizim bo‘limlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyasiz jamiyat sari” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 270-sonli, shuningdek, 2020-yildagi 6013-sonli hamda 2021-yildagi 6257-sonli farmonlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan talablarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur mavzu yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti M. Sharepov ma’ruza qildi. Ma’ruzada mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish, xizmat faoliyatida ochiqlik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.



