Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida 9 432,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Shundan kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektor hissasiga jami
6 970,2 mlrd so‘m yoki 73,9 % to‘g‘ri keldi.
Qiziqarli fakt: kichik korxona va mikrofirmalar bajargan qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari ko‘rsatkichidan qariyb 1,8 baravar ko‘p bo‘ldi.
Yirik qurilish tashkilotlarida eng yuqori o‘sish Mirishkor tumanida qayd etilib, ko‘rsatkich 12,1 baravarni tashkil etdi.




