02/09/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida ko‘p yillik samarali mehnat, kasbga sadoqat va fidoyilikni e’tirof etishga bag‘ishlangan samimiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i N. Xamrayev so‘zga chiqib, statistika tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning boy tajribasi, mas’uliyati va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida qadrlanishini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqovga ko‘p yillik samarali faoliyati, kasbiga sadoqati va tizim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun esdalik sovg‘asi topshirildi.

Shuningdek, boshqarmada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan
N. Atamurodovning 60 yoshli yubileyi ham alohida e’tirof etildi. Uning ko‘p yillik halol mehnati, boy kasbiy tajribasi hamda jamoa hayotidagi munosib o‘rni ta’kidlanib, yubiley munosabati bilan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir davomida boshqarma xodimlari ham so‘zga chiqib, ustozlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, ularning mehnatsevarligi, kasbiy mahorati va jamoa orasidagi hurmat-e’tiborini e’tirof etdilar.

Ko‘p yillik fidokorona mehnat va kasbga sadoqat doimo yuksak qadrlanadi. N. Atamurodovni 60 yoshli muborak yubileyi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy farovonlik tilaymiz. Sh. Tayloqovga esa kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyat va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech