Boshqarma xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda bosh yuriskonsult M. Sharepov hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim O. Boymurodov tomonidan 2017-yil 4-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, Prezidentning PF-6013, PF-6257, PF-71 va PF-270-son Farmonlarining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati tushuntirildi.

Ma’ruzalarda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol bajarish va qonuniylikka rioya etish masalalari yoritildi.

Tadbir yakunida xodimlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.



