Qaror yuzasidan 17- avgust kuni Mirishkor tumani statistika bo‘limi xodimlari va “Chandir” mahalla faollari ishtirokida shakllantirilgan sxematik xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi va barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari tushuntirildi. Suhbat savol-javob tarzida o‘tkazildi. Barcha o‘zini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati