2021- yilning 1- noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 476 750 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 95 976 tani (ulushi 20,1 foiz) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 13 063 ta
Farg‘ona viloyati – 11 936 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 303 ta
Surxondaryo viloyati – 7 452 ta
Namangan viloyati – 7 431 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 37 930 ta
sanoatda – 17 000 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 8 297 ta
qurilishda – 7 772 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 855 ta
Matbuot xizmati