2021- yilning 7-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, xodimlar hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Boshqarma Bosh yuriskonsulti Sharipov Muso Gʻoziyevich so‘zga chiqib, barchani bayram bilan qutladi. Shuningdek, M. Sharipov Konstitutsiya tarixi, uning jamiyatdagi ahamiyati haqida so‘z yuritarkan quyidagilar haqida to‘xtaldi.
- Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
1992- yil 8- dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8-dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
- Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdi.
Matbuot xizmati