O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.


2022- yilning 1- aprel kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.


Jumladan, Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining 6- yoʻnalishi mazmun-mohiyati) haqidagi ma’ruzalar tinglandi.


Shuningdek, o‘quv soati hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Matbuot xizmati



