So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 2,3 trln soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida parrandalarning umumiy soni 15 943,5 ming boshga yetgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida 1 209 ta yangi xorijiy investitsiya ishtirokida korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 449,3 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4  barobarga oshgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etib, ularga 2023-yil davomida 5 711,2 ming kishi tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 60 426,1 mlrd soʻmni yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,2 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 5,4 trln soʻm tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekiston Respublikasidagi fermer xoʻjaliklarida mavjud sigirlar soni 352 ming boshni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 275 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 948 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 558,4  mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,7 % ga o‘sdi.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo viloyatida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 5,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo viloyatida metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,04 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-aprel holatiga koʻra, ikki nafar bolali uy xoʻjaliklar 24,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 58 255,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 5,2 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga oshdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda fermer xo‘jaliklari tomonidan 51,6 ming dona qorako‘l teri olingan.

Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.