So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 84,7 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 15,3 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha 78027,4 ming AQSH dollari to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 69,1 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 23,3 % ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida MDH mamlakatlariga 30512 ming AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 27,3 % ini tashkil etdi.

Tog‘-kon sanoatida jami 595,2 mlrd.so‘m yoki viloyat bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 19,3 % i o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibidan 19,0 % i yoki 587,2 mlrd. so‘mi xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish sohasiga tegishlidir.

2023- yilning yanvar-may oylarida, qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 146 ta bo‘lib, so‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 329 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yil 1-iyun holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 3 784 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 105,6 foizni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyun holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 14 095 tani tashkil etib, 2019 - yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 barobarga oshgan. 

2023-yilning yanvar–mart oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 44,3 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–martiga nisbatan 103,1 %), 145,6 ming tonna - sut (102,8 %), 92,4 mln. dona – tuxum (100,1 %) yetishtirildi va 462 tonna – baliq (126,9 %) ovlandi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 399,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.

2023-yil yanvar-aprel oyida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 191,1 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,4 % ini tashkil etdi.

Joriy yilning 1-iyun holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 106 982 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 107,2 foizni tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yili boshida akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilar soni 17 147 nafarni tashkil etgan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil, ta’lim sohasidagi xizmatlar 30,3 % ga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 23,7 % ga, boshqa xizmatlar 12,5 %, moliyaviy xizmatlari 8,0 % ga o‘sishi hisoblanadi.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 77,7 % i Dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 33,8 mingtaga yetdi. 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni – 1083 boshga (3,3 %) ko‘paydi.

2023- yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 4 865,5 mingtaga yetdi. 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni - 129,7 mingtaga (2,7 %) ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 944,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.