So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 7-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim bosh mutaxassisi S. Xurramov tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024-yil yanvar-noyabr oyida viloyat tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 15,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 6218,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 6-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining  o‘rinbosari S.Kaxxorov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i A. Nomozov Qarshi  shahridagi Shoxbekat mahalla fuqarolar yig‘inlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasini o‘tkazish yuzasidan seminar treninglar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 6-yanvar kuni Qamashi tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘i B. Tursunov tomonidan Qamashi tumaniga qarashli “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan xaritaga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024-yil yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 149,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yil yanvar-noyabr oylarida Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Qarshi shahri 21,6 % bilan 4816,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.