So'nggi yangiliklar
24/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Qashqadaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 3 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
2023-yil yanvar oyida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 778,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,4 % ga yetdi.
Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 370,8 ming tonna boshoqli don yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 120 dona mototsikllar (silindrining hajmi 50 kub.sm dan ortiq porshenli ichki yonuv dvigatelli) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 martaga oshgan.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,2 foiz ulushni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar oyida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 849,8 ming soʻmga yetdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,1 % ni tashkil etgan.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada otlarning umumiy bosh soni 269,1 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 12 250 dona domkratlar (transport vositalarini koʻtarish uchun foydalaniladigan mexanizmlar) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 28,9 % ga oshgan.
Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin – uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi.
2022- yilda kichik tadbirkorlikda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 142611,7 milliard so‘mni tashkil etdi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 2335,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 1131,5 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan 48,4 % ni tashkil etdi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 687 ta yoki 83,9 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yil yanvar-fevral oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 28,8 % ni tashkil etdi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Kasbi tumani 20,7 % ulush bilan 17167,8 ming AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Shahrisabz tumani 0,3 % ulush bilan 273,4 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-fevral oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 809,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 83,2 % ni tashkil etdi.
23/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 30,1 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 0,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Navro‘z, atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda esa yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz qayta tiklanib, yangicha tus oladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singib boradi.
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
242-sahifa 413 dan