So'nggi yangiliklar

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,7 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 57,2 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 11,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda 415,7 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 2,9 % ga oshdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida 11 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yil yanvar oyida ijara xizmatlari 484,9 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada qoʻy va echkilarning umumiy soni 23 623,7 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 114 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7-martaga oshgan.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 14 677 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajm ulushi 41,8 % ni tashkil qildi. 

2023-yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 3 291,1 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 11,5 % ga yuqoridir.

2023-yil 1-mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 156 016 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. 

2022- yil yanvar-dekabrida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmida ulushi 47,6 % ni tashkil qildi. 

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy soni 13 857,6 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 9,4 ming dona “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 % ga oshgan.

2023-yilning 1-fevral holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503,8 ming birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 315,1 ming birlikni yoki 82,6 % ni egallaydi.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yil yanvar oyida transport xizmatlari hajmi 7 188,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yil yanvar oyiga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 108,3 % ni tashkil etdi.