So'nggi yangiliklar

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 395 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 1-fevral holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2,0 martani tashkil etdi.

Joriy yilning 22- fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faollikni kuchaytirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvarida sarimsoq piyoz narxlari bir oyda 1,4 % ga oshganligi kuzatilgan boʻlsada, 2022-yilning yanvariga nisbatan 29,5 % ga past boʻldi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 1 155,8 mlrd. so‘m jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi esa 72,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarida avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi 123 882,5 mln. yo‘l. km.ni, shundan eng ko‘p yakka tartibdagi tadbirkorlik xissasiga to‘g‘ri kelib 99 886,1 mln. yo‘l. km.ni tashkil qildi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19 494,6 ming kishini tashkil etgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 kishiga (jismoniy shaxslarga tegishli) 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri keladi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 075 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 71,1 % ni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 546,6 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 21- fevral kuni Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika  agentligida Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalar va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 16,2 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. 

Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,3 %ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog’ida 220,7 trln. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. 

2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi F. Qodirova bilan birgalikda Qarshi tumani “Istiqlol”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadonlar egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.