So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 001,4 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 4,1 martani tashkil etdi. 

Respublikamizda 2022- yilda axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2 631 ta bo‘libular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan. 

2022- yilning yanvar oyida paxta yogʻi ketma-ket toʻrtinchi oy arzonlashishda davom etdi. 2022- yilning dekabr oyiga nisbatan ularning narxlari 0,5 % ga arzonlashgan.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 32227,2 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining (fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻshgan holda) har 1000 aholiga nisbati 2017-yilda 12,2 birlikni tashkil qilgan boʻlsa, 2022-yilga kelib, bu koʻrsatkich  17,9 birlikka yetgan yoki 5,7 birlikka oshgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi falsafa doktorlari soni 3,1 ming nafarni tashkil etdi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilda hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Qarshi shahri – 14,2 %, Yakkabog' tumani – 8,1 %, Koson tumani – 7,6 %, Kitob tumani – 7,5 %, Qamashi tumani – 7,0 %, G'uzor tumani – 6,4 %, Qarshi tumani – 6,3 % hissalariga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 0,1 % ni, fizik hajm indeksi esa, 20,6 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 18,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 20504,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 36421 tani tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 5269 taga ko’paygan yoki 16,9 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 51,6 ming tonna kalava ip ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 127,9 % ga ko‘paygan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 176,2 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,1-martani tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilda tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan bo‘lib,  ularning  so’nggi besh yildagi o‘sishi quyidagicha aks etdi:

2022- yilda respublika boʻyicha yaratilgan 90 177 kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz)ning 34 384 tasi yoki 38,1 % i - savdo sohasida, 16 191 tasi yoki 18,0 % i – sanoat sohasida, 12 038 tasi yoki 13,3 % i – qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida hamda 5 812 tasi yoki 6,4 % i – yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida tashkil etildi.

2022- yil 1-yanvar holatiga sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassis ayollar soni 12,5 ming nafarni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 25,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 389,4 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 135,0 %ni tashkil etdi.