So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 51,2 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 4,8 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami 47,6 ming tonna kalava ip ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 126,3 % ga ko‘paygan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 18 616 dona maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 138,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari oʻtgan yilning yakuniga nisbatan oʻrtacha 3,2 % ga oshgan.

2021/2022- oʻquv yilida mamlakatimizda qozoq tilida taʼlim beriladigan umumtaʼlim muassasalari soni 144 tani tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida qayd etilgan nikohlar soni 233 559 nafarni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 193,3 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,1 martani tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Joriy yilning 1-dekabr holatiga respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 174,0 foizni tashkil etdi.

2022-yilning noyabr oyida shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari oktyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-oktabr holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 17,7 birlikni tashkil qildi.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, ulardan chegarani temir yoʻl transporti orqali oʻtganlar – 7,5 ming nafar. 

2022-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibida mehnat yoshidan kichik yoshdagi aholi ulushi 31,4 foizni tashkil etdi.

2022- yil 1- dekabr holatiga qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 barobarga oshganligi ma’lum bo‘lib, ularning yillar kesimida o‘sishi quyidagicha o‘z aksini topdi:

Viloyatimizda 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 85 ta bo‘libular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 0,1 % ni, fizik hajm indeksi esa, 20,6 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 18,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 557,5 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 208,8 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 154,6 % ni tashkil etdi.