So'nggi yangiliklar

2022- yil yanvar-oktabr oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 1,6 % punktga kamayib, 46,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning oktabr oyida 608,7 ming nafar  chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ushbu koʻrsatkichni 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 219,0 ming nafar) 389,7 ming nafarga yoki 2,8 martaga oshganini kuzatish mumkin.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 28,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 171,6 mingta televizor eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida moliya (29,6 %), aloqa va axborotlashtirish (24,1 %), yashash va ovqatlanish (15,3 %) xizmatlari hajmida yuqori o‘sish qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan pastroq o‘sish shaxsiy xizmatlarda qayd etildi (7,1 %).

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qurilish tarmog’ida 40 186,6 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 28, 3 mln. m²  gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,1 % ni tashkil etdi.

 Respublikamizda 2022- yilning yanvar-oktabr  oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan bo‘lib,  ularning  so’nggi besh yildagi o‘sishi quyidagicha aks etdi:

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 27,3 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 15717,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabrida 6690 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82,0 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-sentabrida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot  hajmi joriy narxlarda 36 006,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati  bo‘yicha jami 11 668,6 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 1287 nafar yigitlar 20 yoshida farzandli boʻlgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga mamlakatimizda jami 302 ta xususiy stadionlar mavjud.

2022- yilning yanvar-oktabr  oylarida respublika boʻyicha FHDYO organlarida 233 559 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 2 695,4 mlrd. so‘m.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog’ida 162,2 trln.so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi.