So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida tashish va saqlash bo‘yicha o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 5259,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foiz (18 195 ta)ni tashkil etdi.

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 34 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamizda jami 93 563 o‘ringa mo‘ljallangan umumta'lim maktablari foydalanishga topshirilgan.

 2020- yilda mamlakatimizda shahar joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il bolalar soni 359,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 88,1 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar–noyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 419,2 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 85,5 % ni tashkil qilgan.

2021- yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida 738 nafar 40 va undan katta yoshdagi ayollar farzandli bo‘lishgan.

2021- yilning dekabr oyida noutbuk narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 12199,1 mlrd. so‘m qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2021- yilning yanvar- noyabr oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 11,6 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 120,1 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida o‘qish uchun Janubiy Koreyaga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1,7 ming kishini, shundan 22,2 foizini ayollar tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 257 294,7 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 58 821,3 mlrd. so‘mga oshdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 167,8 trln. so‘m nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Respublikamizda yanvar- noyabr oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 161,5 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 847 dona avtobus ishlab chiqarilgan.Avtobus ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 % ga oshgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati 242 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 930 ta yuk avtomobillari import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida banan narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 4 % ga arzonlashgan.