So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1-may kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan “O‘zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi”, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi, qonunlari hamda O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 2023- yil 11-sentabrdagi,  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli shuningdek, 2024- yil 15-apreldagi 64-sonli, 2024-yil 19-apreldagi 67-68-sonli Farmonlari hamda 2024-yil 15-apreldagi 157-158- sonli qarorlarini mazmun-mohiyati va ahamiyatini Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar  instituti talabalari va o‘qituvchilari jamoasiga keng ko‘lamli huquqiy tushuntirish va targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 869 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 548,6 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 2,4 % ga oshdi.