05/04/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada qoʻy va echkilarning umumiy soni 24 118,3 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil etdi.

Qoʻy va echkilar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (20,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Shu bilan birga, Samarqand (11,0 %) va Surxondaryo (10,7 %) viloyatlarida ham qoʻy va echkilar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech